Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Xitoyning janubi-g‘arbida Yunnan provinsiyasida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda 2 yanvar, yakshanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi.

Xitoy seysmologik tarmoqlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Pekin vaqti bilan 15:02da sodir bo‘lgan va 1,2 milliondan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Liszyan shahriga ta’sir qilgan.

Zilzila manbai 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Voqea joyida mahalliy o‘t o‘chirish brigadalari va 60 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!