Xitoy Chexiya amaldoriga tahdid qildi: “Katta jarima to‘lashga tayyorlaning!"

Xitoy Chexiya amaldoriga tahdid qildi: “Katta jarima to‘lashga tayyorlaning!"

Chexiya senatining spikeri Milos Vistrsil yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan Tayvanga keldi. Ammo bu holat Tayvanni o‘zining hududi deb da’vo qiluvchi Xitoy rasmiylariga yoqmadi.

Xitoylik diplomat Vang Yining aytishicha, Vistrsil Tayvanga rasmiy tashrif uyushtirib, ”Yagona Xitoy” qoidasini buzdi va u buning uchun “katta jarima” to‘lashini aytdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi dushanba kuni xabar bergan.

Vistrsil 30 avgust kuni 90 kishilik delegasiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirish uchun Tayvanga yetib keldi. Xitoy bu mamlakatni o‘ziga tegishli ekanini ta’kidlab, uni dunyoning boshqa mamlakatlaridan izolyasiya qilishga urinib keladi. Vistrsil Chexiya respublikasi Tayvanni demokratik tarzda boshqariladigan orol sifatida ko‘rishini va Pekinning bu mamlakat bilan aloqalarga to‘sqinlik qilishiga qarshi ekanini ta’kidladi.

Vang Yi Vistrsilning tashrifi provokasiya ekanini va Tayvan “Xitoyning ajralmas qismi” ekanini aytgan. Chexiya delegasiyasi bu yerda 4 sentyabrgacha qoladi. Vistrsil ushbu besh kunlik tashrif chog‘ida Tayvan parlamentida nutq so‘zlaydi va Tayvan prezidenti Sai Inven bilan ushrashadi.

Chexiya amaldorlarining kelishi xorijlik vakillarning Tayvanga so‘nggi ikki hafta ichidagi ikkinchi tashrifi bo‘ldi.Bundan oldin AQSh sog‘liqni saqlash sekretari Aleks Azar ham Tayvanga kelgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!