Xitoy 2022 yilgi Olimpiya o‘yinlari piktogrammalarini taqdim etdi

Xitoy 2022 yilgi Olimpiya o‘yinlari piktogrammalarini taqdim etdi

Pekinda 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi sport piktogrammalarini taqdim etdi. Ushbu piktogrammalar namoyish etilgan video “YouTube”dagi “Pekin-2022” kanalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, barcha piktogrammalarning to‘rtburchak shaklda ekanligini ko‘rish mumkin.

24 piktogrammada 2022 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari, yana oltita piktogrammalar esa Paralimpiya intizomlari tasvirlangan.

Har bir sport turi Sin va Xan sulolalari davrida ishlatilgan Xitoy muhrlarini eslatuvchi shtrixlar bilan tasvirlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!