Xitoy 2020 yil oxirigacha xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazishdan bosh tortdi

Xitoy 2020 yil oxirigacha xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazishdan bosh tortdi

Xitoy pandemiya sababli 2020 yil oxirigacha o‘z hududida har qanday xalqaro sport musobaqasini o‘tkazishdan bosh tortdi. Bundan faqat Pekindagi qishki Olimpiadaga sinov musobaqalari istisno qilinadi.

Bu haqda Xitoy bosh sport boshqarmasi ma’lum qilgan.

Pekindagi Olimpiada 2022 yilning 4-20 fevralida o‘tkazilishi belgilangan.

Xitoyda sentyabr-oktyabrda Professional tennischilar assosiasiyasi (ATP) va Ayollar tennis assosiasiyasi (WTA) musobaqalari, noyabrda esa figurali uchish bo‘yicha gran-pri seriyasi bosqichi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Seriyaning finali Xitoyda dekabrda o‘tkaziladi va u 2022 yilgi Olimpiadaga sinov musobaqasi hisoblanadi. 

Avvalroq pandemiya sababli Xitoyda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi jahon chempionati va zamonaviy beshkurash bo‘yicha jahon chempionati hamda “Formula-1” poygasi bosqichi kabi turnirlar bekor qilingandi yoki keyinroqqa ko‘chirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!