Xavi: "Barselona" kelasi yil ham harakat qilib ko‘radi, men esa yo‘q"

Xavi: "Barselona" kelasi yil ham harakat qilib ko‘radi, men esa yo‘q"

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaning YECHL chorak final bosqichidan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi.

"Biz hech qachon Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lmagan, lekin futbolchilarga ko‘p pul sarflagan "PSJ"ga qarshi turdik. "Manchester Siti"ga yetti yil kerak bo‘ldi.

O‘n nafar futbolchi bilan bu darajada o‘ynash deyarli imkonsiz vazifa. Biz himoyaga o‘tishga harakat qildik, ammo bu bizning kuchli tomonimiz emas.

Biz Chempionlar ligasida yaxshi o‘ynadik, kelasi yili ham qaytamiz. Yo‘q, men qaytmayman, lekin "Barselona" qaytadi", - dedi mavsum yakunlanganidan keyin "Barselona"ni tark etishni rejalashtirayotgan Xavi matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!