Xavfsiz turizmni ta’minlashda pulli xizmatlar ko‘rsatiladi

Xavfsiz turizmni ta’minlashda pulli xizmatlar ko‘rsatiladi

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Endilikda, shartnoma asosida turistlarni kuzatib borish hamda turizm namoyishi ob’ektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tegishli Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga murojaat qilinadi.

Xizmat ko‘rsatish tariflari Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!