Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan media haftalik davom etmoqda

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan media haftalik davom etmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 9-14 dekabr kunlari Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab haftalik media marafon tashkil etilmoqda.

Haftalikning ilk kunida “O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik” mavzuida media brifing bo‘lib o‘tdi.

Keyingi kunda esa O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida “Aholi orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi vakillari, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

– Bugungi kunda yurtimizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayni shu jarayonlarda mansab suiiste’molining oldini olish beqiyos ahamiyatga ega, – deydi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev. – Bunda, jurnalistdan katta mahorat, jasorat va mohirlik, shuningdek, huquqiy savodxonlik talab etiladi.

Tadbirda BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi talablari va xalqaro standartlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

– Korrupsiya bu – mansabdorning o‘z shaxsiy foydasini o‘ylashidir, – deydi siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirg‘izboyev. – Jurnalistlar hukumat tashkilotlari va mansabdorlarning korrupsiyaga yo‘l qo‘yishi yoki qo‘ymasligini muntazam kuzatishi va ommaning e’tiborini unga qarata olishi kerak. Korrupsiya ko‘rsatkichi past davlatlarda, avvalo, ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etishini unutmaslik joiz. 
 

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!