Xalq norozi: "Ishqilib, Qozog‘istonni Nursulton respublikasi deb o‘zgartirishmasin"

Xalq norozi: "Ishqilib, Qozog‘istonni Nursulton respublikasi deb o‘zgartirishmasin"

Qozog‘iston poytaxti Ostona Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomiga Nur-Sulton deb qayta nomlanganidan xabaringiz bor. Endi Qirg‘izistonda ham poytaxt Bishkek nomini o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Davlat maslahatchisi, prezident apparatining sobiq rahbari Emilbek Kaptagayev Facebook dagi sahifasida ushbu taklifni bildirgan.

Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bizda istak paydo bo‘lmasligi uchun balki poytaxtni hozirning yozidayoq Manas deb qayta nomlash kerakdir. Bu har tomonlama adolatli bo‘lardi. Bishkek tumani deb esa Sverdlovsk tumanini atash kerak, chunki aynan shu yerda hozirda nimagadir Kuznechniy qo‘rg‘oni deb ataluvchi Pishpek istehkomi joylashgan va ehtimol bir paytlar Bishkek ovuli bo‘lgan , deb yozgan Kaptagayev.

Ushbu post ostiga internet foydalanuvchilari tomonidan yuzdan ortiq izohlar qoldirilgan. Ular orasida taklifni ma’qullaganlar ham, qarshi chiqqanlar ham, hazil aralash turli kinoyali izohlar koldirganlar ham bor.

Masalan, ulardan biri Manas poytaxt uchun ajoyib nom deb yozsa, boshka biri balki yangi poytaxt qurib, uni Manas deb nomlarmiz deb yozadi:

Mederbek Korganbayev Manas - otlichnoye nazvaniye dlya stolisi

Talasbek Sayakbayev mojet nachnem novuyu stolisu stroit i nazovem Manas

Aksariyat izohlarga ko‘ra, mamlakatda hal qilinadigan muhim muammolar bor, avval o‘shalarni hal qilish kerak.

Fikr bildirayotganlar orasida qozog‘istonliklar ham bor: Sizlar botirsizlar! Mana Manasning haqiqiy avlodlari! Bizning siyosatchilarimiz Nursultondan boshqasini bilmaydi. Qozog‘istonni Nursulton Respublikasi deb o‘zgartirishmasin deb qo‘rqib yuribmiz. Olg‘a qirg‘izlar!

Qanat Tіleuxan Qirg‘iz bauirlar, sіzder batirsizdar! Yer Manastiң nag‘iz ұrpag‘isizdar! Bіzdің sayasatkerler tek Nұrsұltannan basqa yeshkіmdі bіlmeydі. Qazaqstandi Nұrsұltan Respublikasi dep өzgerte me dep qorqip jүrmіz. ) Al sіzderdің sayasatkerler Manasshil! Sіzderde jeke basqa tabinushiliq joq. Xaliqtiң sөzі jog‘ari. Sіzder shenenuіnkterdі yag‘ni xaliqqa qizmet yetushіlerdі tiңdata alasizdar. Alg‘a, qirg‘iz! Ortaliq aziyadag‘i demokratiyaniң jalg‘iz arali sіzdersіzder. Nauriz qұtti bolg‘ay! Sіzderge barliq jaqsiliq ataulini tіleymіn.

Bishkekni Askar, Kurmanbek, Almaz, Roza deb qayta nomlanmaganidan xursandman, deb yozadi yana bir foydalanuvchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!