Vinisius Ronaldudan sovg‘a oldi (foto)

Vinisius Ronaldudan sovg‘a oldi (foto)

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Krishtianu Ronaldudan futbolka sovg‘a qabul qildi. Braziliyalik bunday suratni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi.

Gap yaqinda 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Lixtenshteyn - Portugaliya o‘yinidan olingan futbolka haqida ketmoqda. Futbolkada Ronalduning Vinisiusga yozilgan dastxatini ko‘rishingiz mumkin.

Vinisius Ronaldudan sovg‘a oldi (foto)

Klub miqyosida Krishtianu Ronaldu deyarli bir yildan beri “An-Nasr”da o‘ynamoqda. Avvalroq, 2009-2018 yillarda portugaliyalik futbolchi "Real"da o‘ynagan.

"Real" Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yinini 26 noyabr, yakshanba kuni raqib maydonida "Kadis"ga qarshi o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!