Vazirlik Toshkentda talabaning 3-qavatdan tushib ketganiga izoh berdi

Vazirlik Toshkentda talabaning 3-qavatdan tushib ketganiga izoh berdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti!

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti talabasining uchinchi qavatdan yiqilib tushganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Videoda tasvirlangan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2017 yilning aprel oyi so‘ngida institutning Gidrotexnika qurilishi fakulteti o‘quv binosi va Toshkent International House akademik liseyi binosi o‘rtasidagi hududda sodir bo‘lgan.

Mazkur fakultetning o‘sha vaqtdagi 4-kurs talabasi YO. Azamat lisey hovlisida o‘zaro gaplashib turgan tanishlari yoniga tezroq yetib borish maqsadida katta tanaffus ekanidan foydalangan holda do‘stlari yordamida uchinchi qavatdan tushmoqchi bo‘lib ehtiyotsizlik qiladi. Va natijada yiqilib tushadi, YO. Azamatga hech qanday jiddiy tan jarohati yetmaydi.

Mazkur voqea o‘sha vaqtda Gidrotexnika qurilishi fakulteti talablari bilan muhokama qilinadi, talabaning ota-onasi bilan ham tushuntirish ishlari olib boriladi.

Fursatdan foydalanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati OAV vakillaridan sohaga oid xabarlarni yoritishda hamkorlik qilish, fakt va dalillarni aniqlashtirib olishga chaqiradi. O‘zaro hamkorlik orqali jamoatchilikka nafaqat tezkor, balki haqqoniy ma’lumotlarni yetkazish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!