Varan "Real Madrid"ga qaytishga tayyor

Varan "Real Madrid"ga qaytishga tayyor

Rafael Varan "Real"ga qaytishga tayyor.

Madrid klubi "Manchester Yunayted" himoyachisini David Alaba jarohati tufayli o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

AS xabariga ko‘ra, Varan "Manchester Yunayted"dan baxtsiz. Uning hamon Madridda uyi bor va u ko‘pincha ta’tilni o‘sha yerda o‘tkazadi.

Shuningdek, Varan "Real"ga qaytish uchun maoshini kamaytirishga tayyorligi qayd etilgan. "Bavariya" ham futbolchiga da’vo qilmoqda va 10 milliondan 20 million yevrogacha to‘lashga tayyor.

Fransiyalik futbolchi 2011 yildan 2021 yilgacha "Real"da o‘ynagan, shundan so‘ng 34+8 million funt sterling evaziga "Yunayted"ga o‘tgan. Varan APLning joriy mavsumida 9 ta o‘yin o‘tkazdi va uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!