Vaqtincha propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilish taklif etildi

Vaqtincha propiska masalasini bitta SMS bilan hal qilish taklif etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning “Telegram” kanalida vaqtinchalik propiska masalasini hal qilishda mobil aloqa qurilmasidan foydalanish taklif etildi.

«Buning uchun vaqtincha ishlashga kelgan fuqaro turgan yeri bo‘yicha maxsus ma’lumotlar bazasiga qisqa raqamli SMS, masalan, 1 raqamini SMS qilib yuboradi va shu orqali o‘zining turgan joyi bo‘yicha lokasiyani ma’lum qiladi. Agar boshqa manzilga borsa, o‘sha manzildan yana sms yuboradi vassalom.

IIB ma’lumotlar bazasi orqali kim kerak bo‘lsa geolokasiyasi orqali borib fuqaroni topib olaveradi, propiskayam, ro‘yxatam, shartnomayam, to‘lovam kerakmas. Faqat mas’ullarda hoxish bo‘lsa bas», — deyiladi taklifda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!