“Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi

“Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi

"Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (157-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🗓 2024 yil 1 oktyabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda "Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati" ishlab chiqiladi.

📝 Shuningdek, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

🔹tegishli ta’lim bosqichi yakunida ta’lim oluvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash;

🔹ta’lim turlari uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, maqsad va vazifalarni ta’lim natijadorligiga yo‘naltirish;

🔹ta’lim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish mas’uliyatini shakllantirish.

📁 Ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda mavjud ta’lim turlari YUNESKOning "Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

🔍 2024 yil 1 avgustgacha dts.uz – Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining yagona ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!