O‘zini DXX xodimi deb tanishtirib yurgan xorazmlik maktab psixologi qo‘lga olindi

O‘zini DXX xodimi deb tanishtirib yurgan xorazmlik maktab psixologi qo‘lga olindi

Urganch shahridagi umumta’lim maktablarining birida psixolog vazifasida ishlab kelgan, oliy ma’lumotli, 1984 yilda tug‘ilgan Madrimov Azamat Ro‘zmatovich fuqaro “Q.O.”ga o‘zini go‘yoki hozirda Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasida ishlayotganligini aytib, 600 AQSh dollari evaziga uni Chegara qo‘shinlariga ishga kiritib qo‘yishi mumkinligini bildiradi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida A.Madrimov jabrlanuvchi “Q.O.”dan 600 AQSh dollari olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

O‘zAning xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!