O‘zgalar pullarini o‘zlashtirishni kasb qilgan firibgar jinoiy javobgarlikka tortildi

O‘zgalar pullarini o‘zlashtirishni kasb qilgan firibgar jinoiy javobgarlikka tortildi

Termiz shahrida 2021 yil 13 iyul kuni, shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, 2021 yil may oyida, shaharning «Saxovat» mahallasida yashovchi, J.Ikrom tanishi Muzrabot tumani «Buyuk ipak yo‘li» mahallasida yashovchi, SH.Ro‘ziga shaharning «Shodlik» mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan «ko‘p qavatli uylardan 2 xona uyni olib beraman!»-deb, 100.000.000 (yuz million) so‘m pullarni olib, o‘zlashtirib ketadi.

2021 yil yanvar oyida ham J.Ikrom Muzrabot tumani «Fidokor» mahallasida yashovchi, A.Kamolga shaharning «Shodlik» mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan «ko‘p qavatli uylardan 3 xona uyni olib beraman!»-deb, 16.500 (o‘n olti ming besh yuz) AQSh dollarini olib, o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan.

13 iyun kuni J.Ikromga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!