O‘zbekistondan chiqib ketgan olimlarni qaytarishmoqchi

O‘zbekistondan chiqib ketgan olimlarni qaytarishmoqchi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijdagi vatandosh olimlarni O‘zbekistonga qaytib fan bilan shug‘ullanishga da’vat qilmoqda.

 

"O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar va o‘zgarishlarga befarq bo‘lmasdan, mamlakatimiz ravnaqi uchun o‘zingizning boy ilmiy va amaliy tajribangiz orqali ilm-fan va oliy ta’lim sohalariga o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiramiz", – deyiladi jamg‘armaning chetdagi o‘zbek olimlariga murojaatida.

Jamg‘arma qaytmoqchi bo‘lgan olimning hohishidan kelib chiqqan holda O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga qaytib ishlashiga sharoit yaratib berishni va’da qilmoqda.

Chiqib ketgan olimlarni o‘zbek ilm-faniga qaytarish harakatlari 2019 yil may oyidan avjiga chiqdi. O‘zbekiston milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandosh olimlarni mamlakatdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish kerakligini aytgan.

Bu masala bilan shug‘ullanadigan komissiya tashkil etildi. Komissiya raisi etib “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori tayinlangan.

Komissiya mamlakatdagi har bir ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasasiga kamida 5 nafardan xorijdagi vatandosh olimni jalb qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!