O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgan — Bahodir Yusupaliyev

O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgan — Bahodir Yusupaliyev

Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasining birinchi partiyasi Olmaliq shahridagi Jurabek laboratories'da ishlab chiqarilgan. Bu haqda 30 iyul, juma kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

"Sputnik V" vaksinasining birinchi partiyasi allaqachon ishlab chiqarilgan. Ushbu vaksina sifatini nazorat qilish uchun Rossiyadagi N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markaziga yuborilgan. Bu zarur prosedura, u hamma joyda amalga oshiriladi, endi biz tekshiruv natijalarini kutmoqdamiz, shundan so‘ng respublikamizda to‘liq ishlab chiqarishni amalga oshirish mumkin bo‘ladi", — dedi Yusupaliyev" O‘zbekiston-24 "telekanalining jonli efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda vaksina Rossiya xomashyosidan ishlab chiqariladi, keyin mahalliy komponentlardan to‘liq ishlab chiqarish sikli o‘rnatiladi, buning uchun yangi laboratoriya qurilishi boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!