O‘zbekistonda Renault avtomobillari savdosi qachondan boshlanadi?

O‘zbekistonda Renault avtomobillari savdosi qachondan boshlanadi?

Renault kompaniyasi hamkori Roodell bilan O‘zbekistondagi ishlab chiqarish va tijoriy faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati "Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Renault O‘zbekiston bozoriga SUV segmentidagi modellarni taqdim etadi. Ilk avtomobillar mijozlarga noyabrdayoq taqdim etiladi: dastlab sotuvga Renault Arkana kupe-krossoveri va Renault Kaptur shahar krossoveri, keyinroq esa – yangi avlod Renault Duster yo‘ltanlamasi chiqariladi.

O‘zbekiston hududida Renault dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish bozor talablariga ko‘ra bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Toshkentdagi ikkita dilerlik markazida Renault sotish va xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!