O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i Abduaziz Xafizov ma’lum qildi.

"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimi joriy etiladi", - deydi Xafizov.

Ta’kidlanishicha, 2021 yil 1 yanvardan:

"Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi"ga kiritilgan kam ta’minlangan oila a’zosi tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;

mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi;

mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensasiya qilinadi.

Eslatib etamiz, bungacha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishga joylashish xarajatlarini qoplash maqsadida bir yil muddatga 2 million so‘m miqdorida mikroqarzlar taqdim etiladi.

Bunda mikroqarzlarni rasmiylashtirish jarayoni bir bank kunida amalga oshirilib, buning uchun pasport, ariza kabi minimal hujjatlar talab qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!