O‘zbekistonda koronavirusga oid eng so‘nggi yangiliklar

O‘zbekistonda koronavirusga oid eng so‘nggi yangiliklar

?10 aprel kuni koronavirusga chalingan 59 nafar yangi bemor aniqlanib, jami holatlar 641taga yetdi. Namanganda davolangan 4 kishi sog‘aydi, jami tuzalganlar - 42 nafar.

?O‘zbekistonda 40ta tashkilotda va 19ta oilada koronavirus aniqlangan. Mamlakatdagi vaziyatni epidemiya deb bo‘lmaydi.

?Bemorlarni davolashda sog‘aygan bemorlarning qon zardobidan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

?«Xavf hali o‘tib ketgani yo‘q. Hali oldinda juda katta sinovlar kutmoqda», dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hududlarda oziq-ovqat zaxirasini kengaytirishga ko‘rsatma berdi.

?Rossiyadan 500ta sun’iy nafas berish apparati, Xitoydan 200 mingta va Germaniyadan 50 mingta test sotib olindi. Koronavirus yuqtirishi ehtimoli yuqori bo‘lgan kasb egalaridan test olina boshlanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!