O‘zbekistonda koronavirusga chalingan oxirgi bemorning ahvoli qanday?

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan oxirgi bemorning ahvoli qanday?

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 145 nafarni tashkil qilmoqda.

Infeksiyani yuqtirib olgan eng so‘nggi bemor ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan 14 yoshli  jiyani  ekanligi ma’lum qilindi. U ayni paytda Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qat’iy nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz,  ayni paytda yana ikki nafar qashqadaryolik bemor poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!