O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirishda Malayziya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirishda Malayziya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan IT ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida Malayziya va O‘zbekiston aloqalarini mustahkamlash maqsadida Malayziyaning nufuzli UCSI universiteti prezidenti bilan uchrashuv tashkil qilindi.

UCSI universitetiga 1986 yilda asos solingan bo‘lib, uning 25 ta akademik tarkibiy tuzilmalari mavjud. Hozirda universitetda 12 mingdan ziyod yoshlar 58 turdagi bakalavr, 32 turdagi magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Jahon universitetlari akademik reytingining TOP-300 taligida o‘rin egallagan.

Uchrashuv davomida UCSI universiteti filialini O‘zbekistonda tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Malayziyaning yetakchi IT kompaniyalarini O‘zbekistonga universitet yordamida jalb qilish hamda bitiruvchi talabalarni Malayziya kompaniyalarida ishga joylashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Universitet tomonidan Vazirlik tizimidagi universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali O‘zbekistonda qo‘shma dasturlar va loyihalar amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirildi.

Shuningdek, IT ta’limni rivojlantirishda Sirdaryo, Farg‘ona va boshqa hududlar salohiyati haqida ham ma’lumot berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!