UzAuto Motors Mo‘g‘ulistonga Cobalt avtomobillarini eksport qilishni boshladi

UzAuto Motors Mo‘g‘ulistonga Cobalt avtomobillarini eksport qilishni boshladi

“UzAuto Motors” Mo‘g‘uliston bozoriga birinchi avtomobillarni yetkazib berishni boshladi, deya xabar bermoqda kompoaniya matbuot xizmati.

30 iyul kuni “Chevrolet Cobalt” avtomobillarining birinchi partiyasi Asaka zavodidan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi, bu “UzAuto Motors” uchun yettinchi mahsulot bozoriga aylandi.

Mahalliy yengil avtomobillar hozirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya bozorlarida mavjud.

Rasmiy dileri hisoblangan “Doctor Auto Chain” kompaniyasi “UzAuto Motors"ning distribyutori sifatida Mo‘g‘ulistonning Ulan-bator shahrida “Chevrolet” avtomobillarini sotish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarib boradi.

“UzAuto Motors” matbuot xizmatining qayd etishicha, “Chevrolet Cobalt” Mo‘g‘ulistonning noqulay iqlim va og‘irlashgan yo‘l sharoitlarida foydalanish uchun barcha talablarga javob beradi.

Kompaniyaning Mo‘g‘ulistondagi vakillari bilan strategik hamkorligi “Chevrolet” avtomobillarini Mo‘g‘uliston bozorida targ‘ib qilish va hamkor mamlakat mijozlari uchun yuqori darajadagi xizmatni taqdim etishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!