O‘zbekistonda 60 yoshdan oshgan ikki erkak koronavirus qurboni bo‘ldi

O‘zbekistonda 60 yoshdan oshgan ikki erkak koronavirus qurboni bo‘ldi

Navoiy shahrida yashagan 61 yoshli B.R. (erkak) hamda Qarshi shahrida yashagan 67 yoshli Q.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar tarqatdi.

Vazirlikka ko‘ra, shuningdek, ayni paytga qadar Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 497 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 21 813 (+497) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 459 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!