O‘zbekistonda 2021 yildan majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2021 yildan majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda, jumladan, tibbiy sug‘urta masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.

«Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilgan. Bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga erishilgan», — deb yozadi Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda ham majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil aprelida O‘zbekistonda «Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi ma’lum qilingandi.

2018 yilning sentyabrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Janubiy Koreya O‘zbekistonga majburiy tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishda ko‘maklashishi haqida ma’lumot bergandi. U o‘z intervyusida majburiy tibbiy sug‘urta sohasida jahon tajribasini O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish zarurligi haqida gapirgandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!