O‘zbekistonda 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanmoqda

O‘zbekistonda 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanmoqda

Bugun, 19 noyabr kuni boshlangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi va qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun loyihasi prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida berilgan topshirig‘i hamda 2021 yil 24 avgustdagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanmoqda.

Deputatlar qonun loyihasi qabul qilinishi tadbirkorlarning taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasiga e’tibor qaratish hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilishga xizmat qilishini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!