O‘zbekiston va Britaniya imkoniyati cheklangan insonlarni ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Britaniya imkoniyati cheklangan insonlarni ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyadagi imkoniyati cheklangan aktyorlar teatri "Graeae Theatre Company"ning ta’lim va o‘qitish bo‘yicha menejeri Mette Filipsen bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Graeae Theatre Company" 1980 yilda nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan aktyorlar uchun o‘z iqtidorlarini namoyon etish maqsadida tashkil etilgan. U ushbu yo‘nalishdagi Britaniyadagi ilk san’at muassasalaridan biri hisoblanadi.

Mette Filipsen O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga, shu jumladan bolalarga yaratilayotgan zarur sharoitlar, ularni o‘qitish, kasb-hunarga o‘rgatish va munosib ish o‘rinlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.

"Graeae Theatre Company" tashkiloti ham 40 yildan ortiq vaqt mobaynida turli yoshdagi imkoniyati cheklangan insonlar uchun samarali ijodiy maydon yaratib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad – nogiron va marginal guruhlarning ovozini teatr orqali jamiyatga eshittirish hamda odamlarning nogironlik haqidagi tushunchalarini ijobiy tomonga o‘zgartirishdir", dedi u.

Uchrashuv yakunida "Graeae Theatre Company" va respublikaning tegishli idoralari o‘rtasida imkoniyati cheklangan insonlar uchun teatr sahnalarini tashkil etish, ssenariylar yozish hamda ushbu yo‘nalishda tegishli mutaxassislarni tayyorlash sohalarida hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!