O‘zbekiston tumanida talonchilar qo‘lga olindi

O‘zbekiston tumanida talonchilar qo‘lga olindi

20 sentyabr kuni R.L, T.B va X.I.lar bir guruh bo‘lib, Yakkatut mahalla hududida yashovchi X.SH.ni qo‘llari bilan urib, yonida bo‘lgan “Samsung A6» rusumli telefon apparati, fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi hujjatlari hamda ichida 600 AQSh dollari va 60.000 so‘m pullari bo‘lgan katmonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v” (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!