O‘zbekiston TIV Xitoyga o‘qishga borib, aldangan fuqarolar shikoyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston TIV Xitoyga o‘qishga borib, aldangan fuqarolar shikoyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga o‘qishga ketgan fuqarolar tomonidan yo‘llangan videomurojaatlar masalasini nazoratga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bir qator OAVda Xitoy Xalq Respublikasiga o‘qish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaatlari tarqaldi.

Mazkur murojaatlarda ular o‘zlarini yuborgan agentlik tomonidan shartnomaning ayrim bandlari bajarilmayotgani borasida shikoyat qilishgan.

"O‘zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi murojaatchilar bilan aloqa o‘rnatdi va mazkur masalani nazoratga oldi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining ularni xorijga jo‘natgan kompaniyaga nisbatan talablari qonuniyligini tekshirib ko‘rish uchun vakolatli organlarga so‘rovnoma yo‘lladi va hozirda mazkur idoralarning tegishli xulosasini kutmoqda", - deyiladi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!