O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘zgardi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘zgardi

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘zgardi

Shuhrat Xolmuhammedov / Mudofaa vazirligi

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan shu vaqtgacha polkovnik bo‘lgan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi.

Shuhrat Xolmuhammedov 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

U muqaddam O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yil noyabrida prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu vaqtgacha esa favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Shuhrat Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida Pavel Ergashevni almashtirdi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘zgardi

Pavel Ergashev

General-mayor Pavel Ismailovich Ergashev 2017 yil sentyabrida mudofaa vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan, 2018 yildan buyon Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u boshqa lavozimga o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!