O‘zbekiston Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi

O‘zbekiston Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 4 avgust kuni Ozarbayjonning Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi.

“Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz.

Hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqiramiz.

O‘zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashini bildiradi”, - deyilgan TIV bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!