O‘zbekiston fuqarolari uchun Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari uchun Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin

Janubiy Koreya COVID-19 tarqalishiga qarshi karantin choralari kuchaytirilgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Chon Se Gyun ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga boshqa davlatlar qatorida O‘zbekiston va Filippin ham kirishi mumkin.

13 iyuldan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 kun davomida Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasining qayd etilishi bilan bog‘liq yangi holatlar mamlakat ichidagiga nisbatan tashqaridan ko‘proq kirib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!