O‘zbekiston elchisi va Buyuk Britaniya eksport vaziri savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maslalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston elchisi va Buyuk Britaniya eksport vaziri savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maslalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya Biznes va savdo bo‘yicha davlat kotibining parlament o‘rinbosari, eksport vaziri lord Malkolm Offord bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Suhbat chog‘ida lord Malkolm Offord Britaniya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklaridan biri sifatida hisoblashini hamda rasmiy Toshkent bilan har tomonlama aloqalarni yanada jadallashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Tomonlar savdo, iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik hamda ta’lim sohasidagi aloqalarning hozirgi holati va ularni yanada jadallashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Xorijiy tomon O‘zbekiston davlat xizmatchilarining Britaniyaning tashkilotlari va yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tash va malaka oshirish mexanizmini kengaytirish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv yakunida Britaniyaning "Rivojlanayotgan davlatlar uchun savdo tizimi" doirasida berilayotgan preferensiyalar bo‘yicha respublika eksportchi korxonalari uchun maxsus treninglar tashkil etish, Britaniya eksportni moliyalashtirish agentligi mablag‘larini jalb qilgan holda mamlakatimizda yirik investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, 19-22 may kunlari Londonda bo‘lib o‘tadigan "Jahon ta’lim forumi – 2024"da O‘zbekiston vakillari ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!