O‘zbekiston DXX rahbari Ixtiyor Abdullayev Tojikistonga nega bordi?

O‘zbekiston DXX rahbari Ixtiyor Abdullayev Tojikistonga nega bordi?

O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bugun, 12 iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati ma’lumotiga asoslanib Xalq so‘zi xabar beradi.

Qayd etilishicha, Ixtiyor Abdullayevni poytaxt aeroportida Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov kutib olgan.

Uchrashuv davomida terrorizmga qarshi kurash, davlat chegaralarini muhofaza qilish, o‘zaro axborot almashish masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston DXX rahbari Rog‘un GESi barpo etilayotgan hududga tashrif buyurishi va u yerda qurilish ishlarining borishi bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

Yakunda O‘zbekiston DXX va Tojikiston MXX davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!