O‘zbekiston aholisi eng kam pul sarflaydigan xizmat turi qaysi?

O‘zbekiston aholisi eng kam pul sarflaydigan xizmat turi qaysi?

2018 yilning 10 oyida foydalanilgan xizmatlarning 1,3 foizi sog‘liqni saqlash sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Aholiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 118,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 1,6 trln so‘m tibbiyot sohasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu ko‘rsatgich poliklinikalar, shifoxonalatr va tibbiyot laboratoriyalarining bepul xizmatlarini o‘z ichiga olmaydi.

Ammo o‘zbekistponliklarning dori-darmonga sarflaydigan harajatlari tibbiy xizmat harajatlaridan bir necha baravar ko‘p. Xususan, dori importi hajmi joriy yilning 10 oyida 5 trln so‘mni (12.11.2018 holatiga ko‘ra, 605,3 mln AQSh dollari) tashkil etgan.

Oldinroq, O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish zarurligi ta’kidlangandi. Shuningdek, o‘tgan ikki yil mobaynida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida 120 dan ortiq turli xil qarorlar qabul qilingan.

2017 yilga nisbatan 2018 yilda Sog‘liqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan 40 foiz ko‘p mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari, kelgusi bir yil ichida hukumat tibbiy xodimlarning ish haqini 1,5 baravarga oshirishni rejalamoqda.

Qayd etish joizki, xizmatlar sohasining umumiy hajmidagi eng katta ulush transport sohasiga (29,6 foiz) to‘g‘ri keladi. 10 oy davomida transport sohasining hajmi 35,2 trln so‘mni tashkil etgan. Savdo xizmatlari sohasi ikkinchi o‘rinda – 32,3 trln so‘mni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!