Uyida 130 tup “ko‘knori” parvarish qilayotgan shaxsning qilmishi fosh bo‘ldi

Uyida 130 tup “ko‘knori” parvarish qilayotgan shaxsning qilmishi fosh bo‘ldi

Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, davrida aholining tomorqa maydonlaridan oqilona foydalanish masalasiga muhim e’tibor qaratilmoqda. Ammo, mo‘may daromad orttirish ilinjidagi ayrim shaxslar ham borki ular o‘z tomorqalaridan qing‘ir maqsadlarda foydalanishga urinishmoqda.

Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda “Qora dori – 2020” tezkor tadbiri doirasida giyohvandlik vositalarining yetishtirilishi bilan bog‘liq jinoyatni  fosh etishdi.

Viloyatning Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro X.Sh yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, ushbu shaxs o‘z xonadonida 130 tup “ko‘knori” giyohvandlik o‘simligini parvarishi qilib kelayotganligi aniqlandi.

“Har kim ekkanini o‘radi” -  deya bejiz aytilmas ekan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harkatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!