“Uyda ovqat bo‘lmagani uchun bolalar iftorni masjidda qildi”

“Uyda ovqat bo‘lmagani uchun bolalar iftorni masjidda qildi”

Keniya poytaxti Nayrobining qariyb 2 million qashshoq yashaydigan Kibera mavzesida olti farzandli Fotima ham istiqomat qiladi. Bir necha yil avval uni eri tashlab ketgan, deya yozadi “Anado‘li”.

Fotima XIX asr oxirida inglizlar tomonidan majburan Sudandan Keniyaga olib kelingan nubyaliklarning avlodi hisoblanadi. U olti farzandiga ham otalik, ham onalik qilmoqda. Fotimaning ota-onasi yillar avval olamdan o‘tgan.

Mahalliy maktabda xizmatchi bo‘lib ishlaydigan Fotimaning maoshi oilaning ehtiyojlari uchun yetmaydi. Ramazon oyi davomida ko‘pincha oziq-ovqat ololmadi, shuning uchun qo‘shnilari unga yordam berdi. Uyida ovqat bo‘lmagani sababli bolalari iftor uchun masjidga bordi: o‘sha yerdi ham namoz o‘qib, ham qorinlarini to‘ydirib kelishdi.

Fotimaning uyida elektr ta’minoti tez-tez uziladi, ichimlik suvi ham, hojatxona va vannaxona ham yo‘q. Tashqaridagi hojatxona va vannaxonadan qo‘shnilari bilan birga foydalanadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!