Uy-joy ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

Uy-joy ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan uy-joy ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
Uy-joy ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Uy-joy ijara shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Agar:
▫️belgilangan muddatdan 2-martadan ko‘proq haq to‘lanmasa;
▫️uy-joy vayron qilingan bo‘lsa;
▫️uy-joydan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanilsa.
2022-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari “E-ijara” xizmati yoki Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turgan holda elektron shaklda soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi belgilangan namunaviy shaklga muvofiq yoki qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan shaklda tuziladi.
Taraflarning kelishuviga binoan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan “E-ijara” tizimi orqali real vaqt rejimida hisobdan chiqariladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq organlarida hisobga qo‘yishda ijara shartnomasi ham, uni bekor qilish uchun ikki tomonlama kelishuv ham yozma (qog‘oz) shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim. Ushbu hujjatlar asosida ijara shartnomasi hisobga qo‘yiladi va hisobdan chiqariladi.

Soliq organlarida:
- yozma shaklda tuzilgan ijara shartnomasi hisobga qo‘yiladi.
- ijara shartnomasi yozma shaklda tuzilgan 2 tomonlama kelishuv asosida hisobdan chiqariladi.

Ijaraga beruvchi 2 tomonlama kelishuv tuzmagan holda ijara shartnomasini (soliq organida) hisobdan chiqargan bo‘lsa, sud organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!