Uxanlik Xatiko: It koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan egasini uch oy kutdi

Uxanlik Xatiko: It koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan egasini uch oy kutdi

Fevral oyida xitoylik erkak koronavirusga chalinib, kasalxonaga tushib qoldi. Uning iti ham ayrilishni xohlamay, egasining ortidan keldi, deb yozadi "Oriental Daily"ga tayanib "ekolog.uz".

Itning egasi kasallikni yenga olmadi, jonivor uning vafotidan keyin ham kasalxonani tark etishni istamadi.Kasalxona ichidagi do‘konda ishlaydigan ayol itga Syao Bao deb laqab qo‘ydi hamda bir muddat unga qarab turdi. Ayol itni uyiga olib ketmoqchi bo‘ldi, biroq it kasalxonadan uzoqlashishni xohlamadi.

Biroq sanitar normalar kasalxonada it boqishga ruxsat bermaydi, shuning uchun Syao Bao u yerni tark etishga majbur bo‘ldi.Do‘kon xodimi Uxan hayvonlarni himoya qilish assosiasiyasi bilan bog‘lanib, ulardan jonivorga yangi boshpana topib berishni so‘radi.Syao Bao assosiasiya xodimlaridan biroz qo‘rqdi. Lekin ular it bilan ancha vaqt o‘ynadi. Hozirda xodimlar itga yangi oila izlamoqda. Ko‘rdingizmi itlarning qanchalik vafodor bo‘lishlarini.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!