O‘tgan yilda YAIM 7,4%ga oshdi – Shavkat Mirziyoyev

O‘tgan yilda YAIM 7,4%ga oshdi – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistonda o‘tgan yilda YAIM 7,4 %ga oshdi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan majlisda aytib o‘tildi.
Majlisda Shavkat Mirziyoyev faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash boshlangani natijasida, o‘tgan yili yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga o‘sganini qayd etdi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, viloyatlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshladi. O‘zini o‘zi band qilganlar soni 700 mingga ko‘payib, 1,2 millionga yetdi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘sish miqdori 2015 yildan buyon kuzatilayotan eng yuqori ko‘rsatgich bo‘ldi. Xususan, 2016 yilda YAIM 6,1%, 2017 - 4,5%, 2018 - 5,1%, 2019 - 5,5 %, 2020 - 0,6% o‘sish kuzatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki kabi tashkilotlar O‘zbekistonda 2021 yilda YAIM o‘sishi 7 % atrofida bo‘lishini bashorat qilishgan edi. Bunga O‘zbekistonning pandemiyani nisbatan yaxshi o‘tkazgani va 2020 yilning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy faollikni tiklay olgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!