Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti: Rossiya hukumati bosib olingan hududlar aholisining qarshiligiga duch kelmoqda

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti: Rossiya hukumati bosib olingan hududlar aholisining qarshiligiga duch kelmoqda

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti 15 iyun kuni urushdagi vaziyat yuzasidan yangi xulosasini e’lon qildi, unda so‘nggi kunlarda Rossiya qo‘shinlari Ukraina janubida Ukraina Qurolli Kuchlarining ehtimoliy qarshi hujumlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mudofaa operasiyalariga diqqatni jamlashda davom etgani ta’kidlanadi.

Xabar qilinishicha, Zaporojye viloyatining bosib olingan qismida rossiyaliklar qo‘shimcha guruhlash ishlarini olib bormoqda: ular Dneprorudniydagi o‘z pozisiyalarini Qrimdan kelgan texnikalar bilan mustahkamlamoqda va Vasilyevka-Orexovo-Gulyaypole liniyasidagi operasiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Vasilyevka hududida qayta to‘planmoqda.

Nikolayev viloyatida Ukraina kuchlari Ochakov qirg‘oq chizig‘ining muhim qismi ustidan nazoratni saqlab turibdi va Qora dengiz portlariga chiqish nazoratini kuchaytirish niyatida bo‘lgan Rossiya kemalarini qaytarishi mumkin.

Bundan tashqari, institutning qayd etishicha, Rossiya rasmiylari bosib olingan hududlarda o‘z dasturlarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelishda davom etmoqda. 9 va 11 iyun kunlari Mariupolda noma’lum ukrainalik partizanlar Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini ta’qib qilishgani xabar qilindi.

Berdyanskdagi maktablarning qayta ochilishi rus tilidagi dasturlarni o‘qitishdan bosh tortgan ukrainalik o‘qituvchilarning qarshiligi tufayli qiyinlashmoqda.

Ukrainaparast bo‘lgan bunday harakatlar Rossiyaning bosib olingan hududlar ustidan to‘liq ma’muriy nazoratni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini va Rossiyani anneksiya qilish rejalarini buzishda davom etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!