“O‘rikzor”dagi do‘konlarga o‘g‘ri tushdi

“O‘rikzor”dagi do‘konlarga o‘g‘ri tushdi

Joriy yilning 7 yanvar kuni O‘rikzor bozoridagi do‘konlardan biriga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga asoslanib qalampir.uz xabar qilmoqda.

Xabar qilishinicha, noma’lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi A.YU.ga tegishli TXAY ko‘chasida joylashgan O‘rikzor savdo kompleksi MCHJ hududidagi savdo do‘koniga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, 14 mln 500 ming so‘m puli va 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumani Farnux 1-tor ko‘chasida yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!