O‘qituvchi to‘polonchi bolalarni o‘z-o‘zini jazolashga majbur qildi

O‘qituvchi to‘polonchi bolalarni o‘z-o‘zini jazolashga majbur qildi

Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi Susyan shahridagi maktablardan birida musiqadan dars beruvchi o‘qituvchi ayol yomon xulqli 2-sinf o‘quvchilarini o‘z-o‘zlarini urishga majbur qildi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Bolalarga multfilm qo‘yib bergan o‘qituvchi sinfdan chiqib ketgan. Yolg‘iz qolgan bolalar shovqin ko‘tarib, to‘polon qilishgan. Ularning ovozidan sinfga qaytgan o‘qituvchi bolalarni o‘zlarining yuziga shappatlashga majbur qilgan. O‘quvchilardan biri yuziga 58 marotaba urgan. O‘quvchilar uyga yuzlari qizargan holda qaytishgan.

Bolalarining ahvolidan xavotirga tushgan ota-onalar okrug maorif byurosiga shikoyat qilib, tekshiruv o‘tkazishni talab qilishgan. O‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida voqeaga oydinlik kiritilgan. O‘qituvchi ayol ishdan chetlashtirilgan va har bir bolaning uyiga borib, ota-onasidan kechirim so‘ragan.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!