"Ular o‘ldirilgan" — kvartiradan 5 kishining jasadi topildi

"Ular o‘ldirilgan" — kvartiradan 5 kishining jasadi topildi

Germaniya polisiyasi Berlin janubidagi Kyonigs-Vusterxauzen shahridagi turar-joy binosida besh kishining jasadini topdi. Huquq-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ular o‘ldirilgan. Bu haqda 4-dekabr, shanba kuni NTV telekanali xabar berdi.

"Bu yerda qotillik sodir bo‘lgan", dedi polisiya vakili.

Uning ta’kidlashicha, kunning yarmida huquq-tartibot idoralariga ma’lum bir shaxs qo‘ng‘iroq qilgan, unga besh kishining uzoq vaqtdan beri ko‘rinmagani g‘alati tuyulgan.

Jasadlar topilgan uy yaqinidagi ko‘cha transport harakati uchun yopiq. Voqea joyida polisiya ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!