«Ular qarimaydi». «Uzuklar hukmdori»ning rejissyori Birinchi Jahon urushi haqida hujjatli film tayyorladi

«Ular qarimaydi». «Uzuklar hukmdori»ning rejissyori Birinchi Jahon urushi haqida hujjatli film tayyorladi

«Uzuklar hukmdori» va «King Kong» kabi blokbasterlarni suratga olgan rejissyor Piter Jekson Birinchi Jahon urushi haqida «Ular qarimaydi» nomli hujjatli filmni taqdim etdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Filmga Londondagi Imperiya harbiy muzeyi arxividagi kadrlar — oq-qora tasmaga yozib olingan 100 soatdan ziyod tasvirlar asos qilib olingan. Jekson eski kadrlarni qayta tiklab, ularga rang berib, ovoz qo‘shdi — filmga Birinchi Jahon urushi 120 nafar faxriysining 1960 yillarda bergan intervyulari ham kiritilgan.

3D formatdagi ushbu film premyerasi 16 oktyabr kuni London kinofestivalida bo‘lib o‘tadi.

Manba: dayo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!