“Ular la’natlangan”: Ayol bir paytlar Pompeydan o‘g‘irlaganlarini qaytarib berdi

“Ular la’natlangan”: Ayol bir paytlar Pompeydan o‘g‘irlaganlarini qaytarib berdi

Kanadalik sayyoh Nikol 15 yil oldin Pompeydan o‘g‘irlagan artefaktlarni qaytarib berdi, deb xabar bermoqda “The New York Post”.

Ayolning aytishicha, ular la’natlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Nikol 15 yil oldin ikki mozaika qismi, sopol buyum va amforaning ikkita parchasini o‘g‘irlagan. Sayohatdan so‘ng esa ikki marta ko‘krak bezi saratoniga chalingan.

"Iltimos, ularni joyiga qo‘ying, ular omadsizlik keltirib chiqarmoqda", deb yozgan Nikol o‘sha paytda u uchun xizmat ko‘rsatgan agenlikka yuborgan xabarida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shaxsan Italiyaga qaytib, kechirim so‘rashni rejalashtirmoqda.

"Ularni qaytarib oling, iltimos, ular baxtsizlik keltiradi", - deya xulosa qilmoqda Kanada fuqarosi.

Qimmatbaho buyumlar allaqachon polisiyaga topshirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!