Ukrainaga beriladigan ruxsat "qizil chiziq" emas — Yens Stoltenberg

Ukrainaga beriladigan ruxsat "qizil chiziq" emas — Yens Stoltenberg

Ukrainaga beriladigan ruxsat "qizil chiziq" emas, dedi Yens Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi Times gazetasiga bergan intervyusida Kiyevga uzoq masofali raketalardan Rossiyaning ichkari hududlarida foydalanishga ruxsat berish vaziyatni keskinlashtiradigan "qizil chiziq" bo‘lmasligini aytdi.

"Putin hozirgacha ham ko‘p martalab “qizil chiziq” haqida gapirgan, mojaroda NATO ittifoqchilarining bevosita ishtiroki bo‘yicha ogohlantirishlar bergan, lekin keskinlikka bormagan”, — deya Stoltenbergning so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

Bosh kotib Kiyevga uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berishni qo‘llab-quvvatlagan Buyuk Britaniya va Fransiya kabi davlatlarga qo‘shilishini aytdi. Shu bilan birga, u Ukraina tomonining raketalardan chuqur nishonlarga zarba berishda foydalanishi Shimoliy Atlantika ittifoqini Rossiya bilan ziddiyatga tortmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!