Ukrainada bankni portlatish bilan tahdid qilgan Suxrob Karimov qamalmaydigan bo‘ldi

Ukrainada bankni portlatish bilan tahdid qilgan Suxrob Karimov qamalmaydigan bo‘ldi

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston fuqarosi Suxrob Karimov Kiyevdagi Leonardo biznes markazidagi bank filialini portlatish bilan tahdid qilgandi. Shundan keyin erkak huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining sa’y-harakatlari bilan hibsga olingan.

Kiyev prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Pechersk sudining qarori bilan Karimov davolanish uchun tibbiy muassasaga yuborilgan. Unda ruhiy muammolar bor degan xulosaga kelindi. Shu sababli unga tibbiy psixiatriya yordami beriladi. Shifokorlar, fuqaro o‘z harakatlarini tushunmasdan jinoyat sodir etgan deb hisoblashdi.

"Sud qaroriga binoan hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qattiq nazorat ostida psixiatriya yordami ko‘rsatadigan muassasaga joylashtirish bilan almashtirildi. Ushbu qarorning asosi sud-psixiatriya ekspertizasining gumon qilinuvchiga kasalxonaga yotqizish shaklida tibbiy yordamga oid majburiy choralarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadigan xulosalaridir", deyiladi sud qarorida.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ekspertiza natijalari shuni ko‘rsatdiki, gumonlanuvchining ahvoli hozirda unga o‘z harakatlarini tushunishga va ularni nazorat qilishga imkon bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 avgustida 32 yoshli Karimov Kiyev markazidagi Leonardo biznes markazida joylashgan Universal Bank filialiga kirib, uning ikkita sumkasida portlovchi moddalar borligini e’lon qilgandi. U barcha xodimlarning ketishiga ruxsat berdi va bank xodimasi bosqinchi bilan qolishga rozi bo‘ldi. Binoga bosqinchi talab qilgan matbuot xodimlari niqobi ostida Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari kirishgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Karimovda hech qanday portlovchi moddalar bo‘lmagan. Uch soatdan keyin Karimov hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!