Ukraina chegarachisi pora sifatida berilgan pulni yeb qo‘yishga harakat qildi

Ukraina chegarachisi pora sifatida berilgan pulni yeb qo‘yishga harakat qildi

Ukraina huquq tartibot organlari pora tariqasida 200 dollarni olgan chegarachini qo‘lga olishdi. Chegarachi ushbu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina milliy polisiya xizmatiga asosan xabar qildi.

Polisiya xabarida aytilishicha, chegarachi pul evaziga Vengriya chegarasida joylashgan Lujanka punkti orqali Yevropa ittifoqi hududiga sigaret olib o‘tilishiga ko‘maklashgan.

Huquq tartibot organ xodimlari chegarachi bir ming dollar talab qilganligini qayd etishdi... inspektor 200 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi... Jinoyat ashyosini yo‘q qilish va javobgarlikdan qochish maqsadida chegarachi bu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi , - deyilgan polisiya xabarida.

Ushbu holat yuzasidan pora olish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Lujanka nazoratdan o‘tish joyidan boshqa xodimlarining korrupsiyaga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!