Tver viloyatida tinch aholini qisman evakuasiya qilish e’lon qilindi

Tver viloyatida tinch aholini qisman evakuasiya qilish e’lon qilindi

Rossiya Federasiyasining Tver viloyatida tinch aholini qisman evakuasiya qilish e’lon qilindi.

Rossiya Federasiyasining Tver viloyatining Toropes shahrida havo hujumidan mudofaa kuchlari uchuvchisiz uchish apparatlari (PUA) hujumini qaytarish va yuzaga kelgan yong‘inni mahalliylashtirish ishlari olib borilayotgan hududlardan tinch aholining qisman evakuasiya qilinishini e’lon qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati Telegram-kanalida yozdi.

Rasmiylarga ko‘ra, Tver viloyati gubernatori Igor Rudenya aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida shunday qarorga kelgan.

«Viloyat rahbari aholi evakuasiya qilingan hududda huquq-tartibotni ta’minlash, vaqtinchalik joylashtirish markazlarida aholiga zarur yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi», — deyiladi nashrda.

Hozirda barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Toropetsda barcha favqulodda xizmatlar - FSB, Ichki ishlar vazirligi, prokuratura, Tergov qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Rossiya gvardiyasi mintaqaviy bo‘linmalari xodimlari va mintaqaviy boshqarmalar rahbarlari ishlaydi.

Avvalroq, 18 sentyabrga o‘tar kechasi Rudenya Toropesda uchuvchisiz uchish apparati (PUA) parchalari qulashi oqibatida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edi. Voqea joyiga barcha favqulodda xizmatlar, shuningdek, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tver viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbariyati yetib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!